Bugun “Toshkent tajribasi” loyihasi asosida:
🏫 Bektimir tumani — 358-maktab
🏫 Uchtepa tumani — 4-maktab
🏫 Mirobod tumani — 154-maktab
tibbiyot yo‘nalishiga qiziquvchi o‘quvchilari ToshDavTUga tashrif buyurdi!
Ekskursiya davomida o‘quvchilar:
🔹 Universitetning o’quv xonalari va laboratoriyasi
🩺 Simulyatsion markaz faoliyati
🏛 Tibbiyot tarixi muzeyi
📚 Axborot resurs markazi (ARM) imkoniyatlari bilan tanishdilar
🌟 Ushbu tashrif yoshlar ongida tibbiyot sohasiga qiziqish, ular uchun to‘g‘ri kasb tanlashda amaliy yordam berish maqsadida tashkil etildi.
🤝 Toshkent davlat tibbiyot universiteti yosh avlodning sohaga bo’lgan qiziqishini qadrlaydi, ularning bilim, malaka va tajribaga ega bo’lishlari uchun qaratilgan har qanday tashabbuslarni qo’llab-quvvatlaydi!

