Toshkent davlat tibbiyot universitetida “SIMULCON 2026” xalqaro konferensiyasining ikkinchi kuni doirasida tadbirlar davom etmoqda. Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, xorijiy mutaxassislar, tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro konferensiya tibbiy ta’lim jarayonida zamonaviy simulyatsion texnologiyalarni keng joriy etish, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tadbir doirasida simulyatsion ta’limning ilg‘or tajribalari, innovatsion yondashuvlar va yangi texnologiyalar muhokama qilinmoqda.
Konferensiya turli davlatlardan tashrif buyurgan mutaxassislar, olimlar va amaliyotchilar uchun tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda tibbiy ta’lim sohasida yangi g‘oyalarni ilgari surish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.








