Toshkent davlat tibbiyot universitetida “SIMULCON 2026” xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Unda universitet rahbariyati, prorektorlar, fakultet dekanlari, rektorat bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, xorijiy mutaxassislar hamda talabalar ishtirok etishdi.

🔺Konferensiya doirasida tibbiy ta’lim jarayonida zamonaviy simulyatsion texnologiyalarni qo‘llashga bag‘ishlangan treninglar, amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Konferensiya dasturidan quyidagi yo‘nalishlar o‘rin olgan:
🔴travmalar paytida shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha “Oltin soat” simulyatsion treningi
🔴 empatik muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish
🔴 simulyatsiya asosida o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish
🔴 zamonaviy jarrohlik ko‘nikmalari bo‘yicha treninglar
🔴 hamshiralar uchun inqiroz holatlarida resurslarni boshqarish
🔴 yurak-o‘pka reanimatsiyasi bo‘yicha musobaqa
🔴 virtual reallik asosida protsedural ko‘nikmalar
🔴 sog‘liqni saqlash sohasida gamifikatsiya usullaridan foydalanish
🔴 standartlashtirilgan bemorlar bilan muloqot ko‘nikmalarini o‘rgatish
🔴 sun’iy intellekt asosida simulyatsion modellashtirish
🔴 jarrohlik ko‘nikmalari bo‘yicha master-klasslar

Ikki kun davom etadigan konferensiya doirasida professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalar uchun nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, simulyatsion ta’limning zamonaviy usullari bo‘yicha tajriba almashiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan