Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, Zamonaviy Simulyatsion markaz imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
🔺Tashrif davomida o‘quvchilarga tibbiy ta’limda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi simulyatsion mashg‘ulotlar, shuningdek, kelajak shifokorlarini tayyorlashda innovatsion yondashuvlarning o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan mashg‘ulot jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatdilar.
Ushbu tashrif o‘quvchilarning tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning kelajak kasbini ongli va puxta tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
🔺 Bunday amaliy va tanishtiruv tashriflar yoshlarning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish, ularni kelajakdagi faoliyatiga to‘g‘ri yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


