1991-yil 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Bu yil ushbu sana munosabati bilan Davlat bayrog‘ining 34 yilligini nishonlamoqdamiz.
O‘zbekiston bayrog‘idagi har bir rang, har bir belgi o‘ziga xos maʼnoga ega:
Moviy rang – kuch-qudratni, tinchlik va barqarorlikni o‘zida aks ettiradi.
Oq rang – poklik, beg‘uborlikni ifodalab kelgan.
Yashil rang – yasharish va yangilanish ramzi, shuning barobarida ona tabiatimiz, asriy qadriyatlarimiz, iymon-eʼtiqodimiz timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar tomirimizdagi ajdodlar qoni – mangulik nishonasidir.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti «Klinik modellashtirish» kafedrasi jamoasi barcha vatandoshlarimizni O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilinganining 34 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaydi!

