Toshkent tibbiyot akademiyasiga biriktirilgan Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi oqituvchi va oquvchilari Toshkent tibbiyot akademiyasida…

Navbatdagi texnikum tashrifi  Joriy yilning 08.02.2024 kuni Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi 25 nafar o‘quvchilari va 4 nafar ustozlari hamrohligida Toshkent tibbiyot akademiyasiga tashrif buyurdilar. Texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilarini   bir guruh professor-o‘qituvchilari tomonidan kutib olindi.

Hudda shu kuni «Akusherlik va ginekologiya» kafedrasi Dotsentlari D.R. Sadikova, G.Z. Chorieva,  Irnazarova D.X. lar tomonidan «Xomilador ayollarni antenetal parvarish qilish tamoyillari» mavzuda Mahorat darsi o‘tkazildi. Mahorat darsida zamonaviy pedogogik texnologiyalar qo‘llanilib,  yuqori saviyada olib borildi. O‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib javoblar olishdi, mahorat darsida aktiv ishtirok etishdi. Texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilar bugungi tashrif uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi ma’muriyatiga  minnatdorchilik bildirdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan