Abu Ali ibn Sino nomidagi Angren sog‘liqni saqlash texnikumi talabalari Toshkent tibbiyot akademiyasi Simulyatsiyon markaziga tashrif buyurishdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Angren texnikum talabalari Toshkent tibbiyot akademiyasi simulyatsiya markaziga tashrif buyurishdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi sog‘liqni saqlash kollejlari va texnikumlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Angren shahridagi sog‘liqni saqlash texnikum talabalari va 4 nafar o‘qituvchilari Toshkent tibbiyot akademiyasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar Akademiyaning zamonaviy Simulyatsiya markazi, «Aqlli klinika» bilan tanishdilar, Akademiya muzeyi va zamonaviy kutubxonaga tashrif buyurishdi, shuningdek, Yaponiyadan keltirilgan eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda mutaxassislar rahbarligida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi.
Klinik simulyatsiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Parpiboyeva Dinara Ayupovna so‘zga chiqib, kafedraning maqsadlari, ilg‘or simulyatsiya texnologiyalarini qo‘llash, ularning afzalliklari, shuningdek, talabalar bilimini baholashda simulyatsiya mashg‘ulotlaridan foydalanish haqida so‘zlab berdi. Markaz anesteziologiya-reanimatsiya, jarrohlik, akusherlik-ginekologiya, pediatriya va neonatologiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya, terapiya yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy simulyatorlar va ilg‘or trenajyorlar bilan bilan jihozlangan bo‘lib, ularda o‘quvchilar o‘z faoliyati tamoyillari bilan yaqindan tanishishlari mumkinligini ta’kidladi. Simulyatsiya ta’limi kafedrasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan to‘liq ta’minlangan. Kollej o‘quvchilari ushbu bo‘limda nafas olish va yurak faoliyati to‘xtab qolganda reanimatsiya bo‘yicha mahorat darslarida qatnashdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan