O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi

2026-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adxam Ikramov Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Adxam Ikramov universitetda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, universitetda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari, zamonaviy Simulyatsiya markazi, boshqaruv va monitoring tizimlari samaradorligini ta’minlovchi Situatsion markaz faoliyati, talaba-yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion startup loyihalari, zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, universitet muzeyi hamda talabalar uchun yaratilgan qulay ta’lim, ilmiy va ijtimoiy muhit namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan