2026-yil 2-mart kuni 1-son Respublika Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining 3-bosqichida tahsil olayotgan 25 nafar o‘quvchilari Zamonaviy simulyatsion markaz imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular uchun 

Dars jarayonida mutaxassislar chaqaloq fantomlari yordamida amaliy ko‘nikmalarni namoyish etib, shoshilinch holatlarda to‘g‘ri va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini batafsil tushuntirib berdilar. O‘quvchilar mavzuni katta qiziqish bilan o‘zlashtirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Mazkur dars o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga zarur tajriba orttirishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
